"Barselona" klublar örtasidagi jahon çempionatida iştirok etgani uçun Ispaniya çempionatining dekabr oyida bölib ötgan 16 turidan qoldirilgan Xixonning "Sporting" jamoasiga qarşi safar öyinini 17 fevral oqşomida ötkazdi. Bu öyinda kataloniyaliklar işonçli hisobda ğalabaga erişişdi.

Dastlab Lionel Messi 25 daqiqada hisobni oçdi va özining La Ligadagi gollari sonini 300taga yetkazib oldi. 2 daqiqadan keyin mezbonlar vakili Kastro hisobni tenglaştirdi. 31 daqiqada esa Messi yana bir gol urib, jamoasini oldinga boşladi 2:1.

Ikkinçi bölimda, öyinning 62 daqiqasida Luis Suares mezbonlar darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima zarbasida xato qildi. Lekin uning özi 5 daqiqa ötgaç gol urib, hisobni 3:1 körinişiga keltirdi va bu öyindagi yakuniy hisob böldi.

Şu tariqa, kataloniyaliklar barça musobaqalarda ketma-ket 31-öyinda mağlub bölişmadi va jamoa öz rekordini yangilaşdi.

Avvalgi eng yaxşi natija Xosep Gvardiola boşçiligida 2010/11 yilgi (28ta öyin) mavsumda örnatilgandi.

Luis Enrike boşçiligidagi jamoa sönggi marta 2015 yilning 3 oktabr kunida “Sevilya”dan (1:2) mağlub bölgandi.

Endilikda Luis Enrike şogirdlari 60 oçko töplagan holda ikkinçi örindagi "Atletiko"ni 6 oçkoga ortda qoldirmoqda. Madridning yana bir jamoasi "Real" hisobidagi oçkolar soni esa 53ta.

Ispaniya çempionati
16-turning qoldirilgan öyini
Sporting Xixon – Barselona 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 25 Messi, 1:1 – 27 Kastro, 1:2 – 31 Messi, 1:3 – 67 Suares.
Sporting – Kuelyar, Lora, Lixnovski, Xorxe Mere, Kanelya, Maskarel, Kases, Peres (Lopes, 68), Xaliloviç, Menendes (Barrera, 74), Kastro (Djoni, 68).
Barselona – Bravo, Aleiş Vidal, Pike (Bartra, 81), Mate, Adriano, Rakitiç, Buskets (Maskerano, 80), Turan, Messi, Suares, Neymar.
Ogohlantirişlar: Xorxe Mere (61), Buskets (78), Kanelya (90).

Messi "Sporting Xixon"ga qarşi uçraşuvda La-ligadagi 300-golini urdi