Kanadaning Toronto şahridan 40 km uzoqlikda joylaşgan Pikering şahrida maktabda tahsil oluvçi piçoq bilan qurollangan qiz 8 kişini, jumladan 6 nafar öquvçi va maktabning ikki xodimini yaraladi. Bu haqda 23 fevralda CBC telekanali ma'lum qildi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, jabrlanganlardan birining ahvoli oğir deya baholangan. Dunbarton maktabi öquvçisi bölgan qiz qölga olindi, uni bu jinoyatga undagan sabablar noma'lum. Öquvçilardan birining aytişiça, qiz ikkita piçoq bilan qurollangan bölgan.
22 yanvarda Kanadaning La-Loş posyolkasida 17 yoşli ösmir ommaviy qotillik sodir etgandi. Qotil avval uyida ikki akasini öldirib, söngra özi tahsil oladigan maktabga yöl olib, u yerda 9 kişini öqqa tutgan, ulardan 2 nafari halok bölgan. Jinoyatçi qölga olingan. Jinoyat sabablari örnatilmagan.






