Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasida “Slavutiç” ukrain milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda ukrain adabiyotining yirik vakili, şoira va yozuvçi Lesya Ukrainka tavalludining 145 yilligiga bağişlangan adabiy-badiiy keça ötkazildi. Unda söz olganlar şoira ijodidagi insonparvarlik ğoyalari, sadoqat, mehr-oqibat, yurtga bölgan muhabbat tuyğulari tarannumi barça davrlarda ham öz muhimligini yöqotmasligini ta'kidlaşdi.

Anjumanda şoiraning hayoti haqida hujjatli film namoyiş etildi. Söng Ukrain milliy madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan badiiy qismda şoira qalamiga mansub şe'rlar öqildi, turli musiqiy çiqişlar qilindi.

Lesya Ukrainka 1871 yil 25 fevral sanasida Novgorod-Volinskiy, hozirgi Jitomir viloyatida tuğilgan. Uning ilk şe'rlar töplami «Qöşiqlar qanotida» 1893 yilda naşr etilgan. Keyinçalik «Öylar va orzular» (1899), «Aks-sadolar» (1902) töplamlari ham çop qilingan.

Lesya Ukrainka «Oy afsonasi» (1892), «Robert Bryus, Şotland qiroli» (1893), «Asir» (1903), «Oppoqqina Izolda» (1912) kabi dostonlar, «Moviy gul» (1896) «Kuz ertagi», «Mağoralarda» (1906) ,«Kassandra» (1908), «Toş xöjayin» (1912), «Örmon qöşiği» (1912) singari dramalari muallifi. «Örmon qöşiği» dramasi asosida opera, balet va kino asarlari yaratilgan. Şuningdek «Dengiz uzra» (1898), «Döstlik» (1905), «Xato» (1906) kabi nasriy asarlar yozgan.

Uning şe'rlarini Mirtemir, Zulfiyaxonim, Uyğun, Erkin Vohidov va boşqa şoirlar mahorat bila özbek tiliga tarjima qilgan.