AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp mamlakatning ta'lim sistemasi yaxşi holatda emas deb hisoblaydi.Bu haqda u özining facebook sahifasida ma'lum qilgan.
«Allaqaçon sinib bölgan ta'lim sistemamizni tiklaşimiz kerak», deb yozadi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. «Biz mamlakatni avvalgiday buyuk va qudratli holatga keltirmoqçimiz, lekin bunday ta'lim sistemasi bilan niyatimizga erişişimiz qiyin. Xitoy, Şvetsiya, Norvegiyani qarang. Ularning puli bizdan kamroq, lekin ta'lim sohasida bizdan özib ketişmoqda»,- deydi Tramp saylovçilarga yöllagan videomurojaatida.






