USM Holdings aksionerlari Alişer Usmonov, Vladimir Skoç, Farhod Moşiri, Ivan Tavrin va Ivan Streşinskiy texnologik kompaniyalarni sarmoyalaş uçun yangi jamğarmaga asos solişdi.
Hozirda jamğarma portfelida yettita çet el IT-loyihalari mavjud. Taşkil etuvçilar jamğarma nomini hali ma'lum qilmadilar. Uning boşqaruvidagi mablağ hajmi - 1 milliard dollar, deb xabar beradi RBK.ru.
Sarmoyadorlarning jamğarmadagi uluşi USM Holdings dagi uluşiga mutanosib ravişda bölingan. Eng yirik aksioner - Alişer Usmonovga xoldingning 48 foizi tegişli.
Investitsion fond portfelida dunyoning eng qimmat startap va eng yirik taksi agregatori Uber va uning hindça analoglari - Didi Kuaidi va Ola Cabs, Xitoyning smartfon va planşetlar işlab çiqaruvçisi – Xiaomi, Hindistonning eng yirik internet-magazinlaridan biri — Flipkart joy olgan. Fond portfelidagi qolgan ikki loyihani USM vakili oşkor etmadi. Lekin fond asosan osiyo taşkilotlarini sarmoyalaşini bildirdi.







