Kişining bir kunda 0.9 litr (taxminan oltita standart qadah) kofeni iste'mol qilişi, skleroz böliş xavfini kamaytirar ekan. Şu sababli şifokorlar profilaktika maqsadida yoşlarga va kattalarga kofeni iste'mol qilişni maslahat berişdi. Tadqiqotçilarning uşbu ilmiy işi Journal of Neurology Neurosurgery & Psyçiatryda çop etildi.

Ular özlarining tavsiyalarini quyidagi sabablar bilan tuşuntirib berdilar. Içimlik tarkibidagi kofein moddasi, neyroprotektor xususiyatiga ega bölib, sklerozni keltirib çiqaruvçi yalliğlaniş davomida sodir böladigan kimyoviy reaksiyalarni töxtatişi mumkin. Şifokorlar ikki reprezentativ tadqiqot ötkazişdi.

Birinçi tadqiqotda sklerozga çalingan şvetsiyalik 1620 nafar yoşi katta kattalar va 2788 nafar soğlom kişilar, ikkinçi guruhda esa — AQŞdan 1159 nafar sklerozga çalingan kattalar va 1172 nafar soğlom kişilar tanlab olingan. Ulardan 15-19 yoşlaridan 40 yoşlarigaça bölgan davr mobaynida qança hajmda kofe içganliklarini taxminiy hisobini berişni söraşgan.

Ikkinçi tadqiqotda esa qatnaşuvçilardan kofeni eng köp iste'mol qilingan porsiyalari haqida söraşgan. Har kuni bitta yoki bir qança qadah içganlardan, ular qaçon muntazam ravişda kofe içişni boşlaganliklarini eslab körişni aytişgan. Şu orqali olimlar kofeni iste'mol qiliş sklerozning rivojlanişiga qanday ta'sir körsatişini bilib olişgan.

Şvetsiya va AQŞdan olingan ma'lumotlarga köra, oxirgi beş-ön yil içida har kuni olti stakandan kofe iste'mol qilganlarda skleroz iste'mol qilmaganlardan 28-30 foizga kamroq bölgan.

Olimlarning ta'kidlaşlariça, ular skleroz rivojlanişining kiçik xavfi va kofeni iste'mol qilişning töğridan-töğri aloqasini topganlariga işonçlari yöq. Lekin ularning hayvonlarda olib borgan tadqiqotlarga köra, kofeni iste'mol qiliş neyrodegenerativ (Altsgeymer va Parkinson) kasalliklarini profilaktika qiliş uçun foydasi borligini aytişgan.