Chempionship (Angliyaning daraja böyiça ikkinçi ligasi) a'zosi hisoblanadigan "Lids Yunayted" jamoasi muxlislari jamoaning italiyalik prezidenti Massimo Çellinodan iste'fo talab qilib, norozilik namoyişi ötkazişdi. Bu haqda The Independent naşri xabar tarqatgan.
Xabarda aytilişiça, çempionşipning 35-turi doirasida "Bolton Uonderers" jamoasiga qarşi keçgan bahs arafasida bir guruh muxlislar "Massimo, ketadigan payting keldi" kabi yozuvlar bitilgan plakatlarni kötarib çiqişgan. Undan taşqari, italiyalikning dafn marosimi sahnalaştirilgan. Muxlislarning fikriça, Çellino ularning sevimli jamoasini öldirgan.

Namoyiş vaqtida osmonda yengil motorli samolyot uçib "TIME TO GO MASSIMO" yozuvini hosil qilgan.
Plane carrying the message "Time To Go Massimo" circling round. #lufc pic.twitter.com/e2pfaRgiyz
— I'd Radebe Leeds (@Radebe_Leeds) 5 marta 2016 g.
5 mart kuni "Lids"ning uy stadioni bölmiş "Elland Roud"da ötkazilgan bu bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar tarkibida Mirko Antenuççi dubl qayd etgan, "Bolton"ning javob goli esa Kayl Vuleri tomonidan urilgan.
Ayni vaqtda "Lids" 41 oçko jamğargan holda turnir jadvalining 16-örnini egallab turibdi.
Londonda "Tottenxem" va "Arsenal" jamoalari muxlislari orasida muştlaşuv kelib çiqdi






