Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) heç kimga böysunmaydi, ularni heç kim nazorat qilmaydi, deb aytdi Grindeks farmatsevtika kompaniyasi va Latviya xokkey federatsiyasi rahbari Kirov Lipman. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Uning aytişiça, meldoniyning taqiqlangan vositalar qatoriga kiritilişi korrupsiya bilan boğliq.

"Biz adolatga erişa olamiz, deb öylayman. Tangriga şukurki, meldoniy yaratuvçisi, akademik Kalvinş hayot va u meldoniy heç qanday doping emasligini aytmoqda. Doping – bu odam usiz yaşay olmaydigan narkotikdir. Fikrimça, meldoniyning taqiqlangan vositalar qatoriga kiritilişi korrupsiya bilan boğlangan. Butunjahon aksildoping agentligi heç kimga böysunmaydi, ularni heç kim nazorat qilmaydi, ular nima istasalar, şuni qilişadi. FIFAda, misol uçun, juda bölmasa audit bor", deb aytdi Lipman.

2016 yil 1 yanvardan WADA meldoniyni taqiqlangan vositalar röyxatiga kiritdi. Bir qator rossiyalik sportçilar uni qöllaşda ayblanmoqda, ular orasida tennisçi Mariya Şarapova, figuraçi Yekaterina Bobrova, konkiçi Pavel Kulijnikov, şort-trekçi Semen Yelistratov bor.

Meldoniy Latviyada 1970-yillarda yaratilgan, u kislorod almaşinuvini oşiruvçi va bu bilan bardoşlikni oşirib, haddan taşqari yuklamalardan keyin organizmni tiklaşga kömak beruvçi metabolik modulyator hisoblanadi. Latviyaning Grindeks kompaniyasi bu dori vositasining yagona işlab çiqaruvçisi hisoblanadi.