«Real» jamoasi skautlari ötgan yilning dekabr oyida jamoa rahbariyatiga joriy mavsumda APL kaşfiyotlaridan biriga aylangan, «Lester» jamoasining yoş yarim himoyaçisi N'Golo Kanteni sotib olişni taklif qilişgan.
Tahlilçilarning fikriça, jamoaning hujum uçligi ortida ularni butun öyin davomida qöllab-quvvatlab turadigan, öyin davomida 13 km masofa bosib öta oladigan jismonan yetuk yarim himoyaçi yetişmayapti. Ayni vaqtda bu vazifani bajarişi kerak bölgan Modriç va Kroos esa öyin davomida toliqib qolişmoqda.

El Pais naşrida yozilişiça, Kantedan taşqari skautlar madridliklar rahbariyatiga bundesligada muvaffaqiyatli mavsum ötkazayotgan «Gerta» jamoasi xavbeki Vladimir Daridani ham taklif qilişgan.
Xabar qilinişiça, madridliklar menejmenti bu qişki transferlar vaqtida bu futbolçilarni ular yetarli darajada maşhur bölişmagani uçun sotib olmaslikka qaror qilgan.
Ma'lumot uçun, 24 yoşli fransiyalik N'Golo Kante joriy mavsumda «Lester»ning asosiy futbolçisi bölmoqda. Tayanç yarim himoyaçisi sifatida harakatlanayotgan bu futbolçi öz ampluasida tengsiz bölib turibdi. U 28 öyinda 1 gol urgan va 3 marta şeriklarini golli uzatma bilan ta'minlagan.
Bundan oldinroq, uşbu futbolçi uçun «Arsenal» va «Çelsi» tomonidan qiziqiş mavjudligi haqida xabar qilingandi. Uning jamoa bilan şartnomasi 2019 yilgaça tuzilgan, taxminiy transfer summasi 20 mln funtni taşkil etadi.







