15 mart kuni Toşkentda havo özgarib turadi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda şamol esadi. Keçasi 5-7, kunduzi 18-20 daraja iliq böladi. Bu haqda Girometeorologiya markazi xabar berdi.
Yaqin kunlar davomida respublika böylab havo harorati iliq böladi. Respublikaning ayrim hududlarida ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda şamol esadi, ayrim joylarda uning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça kuçayiş ehtimoli bor.
Respublikaning toğli hududlarida havo özgarib turadi, keçasi va ertalab yoğingarçilik böladi, kunduzi yoğingarçilik kuzatilmaydi. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor köçişi xavfi bor.






