SDSN va Kolumbiya universitetining 16 mart kuni e'lon qilgan dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida Özbekiston 49-örinni egalladi.
Birinçi poğonani Şveytsariya Daniyaga böşatib, özi ikkinçi öringa tuşdi. “Eng baxtiyor mamlakatlar” uçtaligiga Islandiya ham kirdi. Afğoniston, Suriya va Togo reytingni yakunlab berişdi.
“Baxt indeksi” tadqiqot iştirokçi-mamlakatlari aholisi orqali sörovnoma ötkaziş bilan aniqlanadi. Bundan taşqari, makroiqtisodiy körsatkiçlar va fuqarolarning ijtimoiy ta'minlanganlik darajasi ham inobatga olinadi. Şuningdek, soğliqni saqlaş sifati, aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot darajasi, umr davomiyligiga ham e'tibor beriladi. Doklad 2013-2015 yillar ma'lumotlari hisobi asosida tuzilgan.
Özbekistonning reytingdagi örni nafaqat baland, balki, nufuzli hamdir. Masalan, 50-örinda Italiya, 53-poğonada Yaponiya turibdi. Qozoğiston 54-örinni, Rossiya esa 56-örinni egallagan. Turkmaniston 65-poğonada, Qirğiziston 85-, Tojikiston esa juda pastda – 100-poğonalarga loyiq körilgan.
BMTning mustaqil ekspertlari tomonidan tuzilgan dunyoning eng baxtiyor mamlakatlari (World Happiness Report 2015) reytingida esa Özbekiston 44-poğonani egalladi.
158 davlatning baxtlilik darajasini ölçaş uçun mutaxassislar iqtisodiy (aholi jon boşiga IYaM darajasi), ijtimoiy (fuqarolik erkinliklarining mavjudligi, korrupsiya darajasi, örtaça umr davomiyligi) va axloqiy (saxiylik va bağrikenglik) kabi qator körsatkiçlarni inobatga oldilar.
Eng baxtli mamlakatlar öntaligiga Şveytsariya, Islandiya, Daniya, Norvegiya, Kanada, Finlyandiya, Niderlandiya, Şvetsiya, Yangi Zelandiya va Avstraliya kirdi.
Togo, Burundi, Suriya, Benin, Ruanda, Afğoniston, Burkina-Faso, Kot-d'Ivuar, Gvineya, Çad esa “baxtsizroq” davlatlar deb topildi.
Rossiya uşbu reytingda Özbekistondan 12 poğona pastda, ya'ni 64-örinda turibdi.







