Yevropa markazida qonli terakt. Belgiya fojiasi. Onlayn
22 mart kunining birinchi yarmida Belgiya poytaxti Bryussel shahrida portlashlar sodir etila boshlandi. Avvaliga aeroportda 2ta portlash sodir etildi. Bu terakt natijasida 17 kishi qurbon bo‘lgan.
Ko‘p o‘tmasdan metroning Maalbek va Shuman bekatlarida portlash yuz berdi va o‘nlab kishi halok bo‘ldi.
Keyinroq, Ar-Lua bekatida to‘rtinchi portlash ham sodir etildi.
14:40 Bryussel metrosining Maalbek bekatidagi portlash tufayli kamida 10 kishi halok bo‘ldi
14:55 Bryussel metrosida to‘rtinchi portlash sodir etildi
15:01 OAV: Politsiya Bryussel aeroportida 3ta hudkushlar nimchasini topdi
15:11 Bryussel metrosining Maalbek bekatidagi portlash videosi paydo bo‘ldi
Internetda Bryussel metrosining Maalbek bekatida yuz bergan portlash holati tasvirlangan video tarqaldi.
15:17 Shahardagi vaziyat.
Bryusselda metroning barcha bekatlari, maktablar, bog‘chalar yopilgan. Terrorchilik tahdidining eng yuqori darajasi e'lon qilingan.
Kishilar metropolitendan evakuatsiya qilinmoqda. Telefon aloqalarida muammolar ro‘y bermoqda.
Politsiya Bryussel aeroportida xavfsizlikni ta'minlash choralarini kengaytirgan, shaharda ko‘p kilometrli tiqilinch yuzaga kelgan.
15:32 Taksistlar odamlarni Bryussel aeroportiga eltib qo‘yishdan bosh tortishmoqda
15:34 OAV: Belgiya razvedkasi Bryusselda teraktlar sodir etilishi haqida ogohlantirilgan
Belgiya razvedkasi mamlakatda teraktlar tayyorlanayotgani haqida xabardor bo‘lgan. Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, politsiyachilar terakt xavfi haqida ogohlantirilgan, ammo teraktlar qachon, qayerda va qay tariqa amalga oshirilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar bo‘lmagan.
15:38 Belgiya teraktlar tufayli Fransiya bilan chegarasini yopib qo‘ydi
15:52 Belgiyadagi teraktlardan keyin neft narxi va valyutalar kursida pasayish kuzatildi
15:56 Bryusseldagi ko‘chalardan birida portlash yuz berdi
16:17 Bryusseldagi portlashlardan keyin xavfsizlikni ta'minlash ishlariga harbiylar jalb etildi
Belgiya Qurolli kuchlarining 225 nafar harbiysi mamlakat poytaxtida ro‘y bergan davomli portlashlardan keyin xavfsizlikni ta'minlash ishlariga jalb etildi.
Bundan oldinroq, Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznyov Bryusseldagi portlashlardan keyin 1600 nafar politsiyachining safarbar qilinishi haqida aytgandi.
16:31 Eyfel minorasi Belgiya bayrog‘i ranglariga burkandi
16:40 Belgiya bosh vaziri terakt munosabati bilan chiqish qildi
16:58 IShID Bryusseldagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
17:37 OAV: Bryusseldagi teraktlar qurbonlari soni 34 nafar bo‘ldi
17:47 Belgiya Bryusseldagi teraktdan keyin Turkiyadagi diplomatik missiyalari faoliyatini to‘xtatdi
17:56 Audi konsernining Bryusseldagi zavodi teraktlar tufayli faoliyatini to‘xtatdi
18:07 Bryusseldagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 3 nafar belaruslik qo‘lga olindi
18:22 Bryussel aeroportidan xudkush terrorchi jasadi topildi
Politsiyachilar 22 mart kuni teraktlar sodir etilgan Bryussel aeroporti hududidan Kalashnikov avtomati va xudkush jangari jasadini topishdi.
18:32 Sapyorlar Bryussel aeroportida shubhali buyumni portlatib yo‘q qilishdi
Bryusselda harbiylar teraktlardan keyingi tozalash ishlarini olib borishmoqda. Bryussel aeroportida portlash ovozi eshitilib, tutun paydo bo‘lgach, OAV navbatdagi portlash haqida xabar bera boshladi. Lekin ko‘p o‘tmay, bu harbiy sapyorlar tomonidan shubhali buyumlarni yo‘q qilish chog‘ida yuz bergani ma'lum bo‘ldi.
18:57 Bryussel shahri meri metrodagi portlashlarda 20 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi
Bryussel shahri meri Ivan Mayyer shahar metrosida yuz bergan portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Shuningdek, metrodagi portlashlar oqibatida 106 kishi jarohatlangan. Bundan oldin OAVda Bryusseldagi portlashlarning jami qurbonlari soni 34 nafar ekani, ulardan 20 nafari metropolitendagi portlashlar natijasida halok bo‘lgani aytilgandi.
19:03 OAV: Bryusseldagi teraktdan jabrlanganlarning umumiy soni 200 nafardan ortdi
19:13 Sapyorlar Bryusselda shubhali avtomobilni portlatib yuborishdi
19:23 Bryusselda qo‘lga olingan belarusliklar teraktga aloqadorligini inkor qildi
20:12 Belgiyada 3 kunlik motam e'lon qilindi