Belgiyalik taksistlar mamlakat poytaxtidagi terakt sodir etilgan aeroportga qatnovlarni amalga oşirişdan boş tortişmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
Taksi xizmati ham aeroportga bormoqçi bölganlardan buyurtmalarni qabul qilmayapti.
Aeroport hududida 2ta portlaş yuz berişi oqibatida 17 kişi halok böldi va 35 kişi jarohatlandi.
Belgiya hukumati aeroportlardagi portlaşlar terrorçi hudkuşlar tomonidan sodir etilganini e'lon qilgan.
Aeroportdagi portlaşlardan köp ötmasdan, şahar metrosining 3ta bekatida, "Maalbek", "Şuman" va "Arts-Loi" bekatlarida 4ta portlaş sodir bölib, 10dan ortiq kişi halok böldi.






