22 mart, seşanba kuni Bryusseldagi ketma-ket portlaşlar haqidagi xabarlar fonida jahon bozoridagi neft narxi pasaya boşladi.

Toşkent vaqti bilan soat 14:12 holatiga köra, Brent markasidagi neftning may oyidagi fyuçerslari 0,14 foizga — barreliga 41,48 dollargaça tuşib ketdi. WTI markasidagi neftning may fyuçerslari esa 0,10 foizga arzonlaşib, u ham bir barrel uçun 41,48 dollarni taşkil etdi.

Şuningdek, bu teraktlar tufayli Rossiyada yevro va dollar kursi qulay boşladi. Rossiya Markaziy banki tomonidan örnatilgan kurslar seşanba kuni pasaygan. Ayni vaqtda 1 yevro kursi 1,32 rublga pasayib, 76,14 rublga tuşgan. 1 dollar esa 1,03 rublga pasayib, 67,7764 rublni taşkil qilmoqda.