22 mart kuni Bryusselda amalga oşirilgan davomli teraktlar natijasida jabrlanganlarning umumiy soni 200 nafardan ortgan.

Bundan oldingi xabarlarda 34 kişi halok bölgani, jarohatlanganlar soni 150 nafar ekani aytilgandi.

Frans Press agentligi xabariga köra, Bryusseldagi aeroportda 2ta portlaş yuz berişi tufayli 14 kişi halok bölib, 92 kişi jarohatlangan.

Soir gazetasi xabariga köra, Bryussel metrosining 3ta bekatida sodir etilgan 4ta portlaş natijasida 20 kişi halok bölib, 106 kişi jarohatlangan.

Eslatib ötamiz, 22 mart, seşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:10da Bryussel aeroportida 2ta portlaş sodir etildi. Köp ötmasdan şahar metrosining "Maalbek", "Şuman" va "Arst-Loi" bekatlarida 4ta portlaş yuz berdi.

IŞID Bryusseldagi portlaşlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi.