Parij şahri hokimiyati Eyfel minorasini Bryusseldagi teraktga hamdardlik belgisi sifatida Belgiya bayroği ranglariga burkaşga qaror qildi. Bu haqda şahar meri Anna Idaltgoga asoslanib, BFM TV xabar tarqatgan.
"Men belgiyaliklarga hamdardligimni izhor etişni istayman", degan mer.
Bryussel terakti tufayli Eyfel minorasi kun oxirigaça Belgiya bayroği ranglarida böladi.
Ayni vaqtda dunyoning köplab mamlakatlaridagi Belgiya elçixonalariga qurbonlar xotirasi uçun gullar keltirilişi boşlangan.
22 mart, seşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryusselning «Zaventem» aeroportida ikki portlaş yuz berdi, oradan biroz vaqt ötib, Bryussel metrosida ham portlaşlar yuz bergan. Sönggi xabarlarga köra, bu davomli teraktlarning jami qurbonlari soni 28 nafar yetgan.






