Belgiya qurolli kuçlari sapyorlari Bryussel şahrida teraktlardan keyin tozalaş işlarini davom ettirişmoqda.

RIA Novosti agentligining l'avenir.net portaliga asoslanib xabar tarqatişiça, Bryussel universiteti va politsiya kazarmasi yaqinidagi general Jaka xiyoboni hududida turgan avtomobil sapyorlar tomonidan şubhali obekt sifatida portlatilgan.

22 mart kunining birinçi yarmida poytaxtda sodir etilgan teraktlardan keyin harbiylar şahar böylab aniqlangan şubhali buyumlar va obektlarni portlatib yöq qiliş operatsiyasini olib borişmoqda. Şaharliklar portlaş ovozlarini yangi teraktlar sifatida qabul qilmasligi uçun oldindan portlaş haqida ogohlantirilmoqda.

Mahalliy naşrlarda teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 2 kişi qölga olingani haqida xabar berilgan. Politsiya ularni özini şubhali tutişgani uçun uşlagan. Ayni vaqtda ularni tekşiriş işlari olib borilmoqda.

Oxirgi xabarlarga köra, aeroport va metro bekatlarida sodir etilgan portlaşlar tufayli 34 kişi halok bölgan va 200ga yaqin kişi jarohatlangan.