Bryussel politsiyasi şaharda amalga oşirilgan teraktlardan keyin şahar va atrof hududlarida maxsus tekşiruvlar olib bordi.
Sputnik agentligi xabariga köra, tekşiruvlar vaqtida teraktlarga aloqadorligi gumon qilinib, Belarusning 3 nafar fuqarosi qölga olingan.
Qayd etilişiça, Belarus maxsus xizmatlari belgiyalik hamkasblari bilan doimiy aloqada bölib turibdi.
Belarus huquqni muhofaza qiliş organlaridagi yuqori martabali amaldorning sözlariga köra, qölga olinganlar bir neça yil muqaddam mamlakatdan çiqib ketgandi va ularni öşa yerda yollaşgan bölişi mumkin.
"Qölga olinganlarning ikkisi, Ivan va Aleksey Dovbaşi Gomel viloyatida tuğilgan. Yana biri esa kelib çiqişiga köra doğistonlik Marat Yunusov. Unga bir neça yil oldin Belarus fuqaroligi berilgandi", deydi manba.
Uning aytişiça, aka-uka Dovbaşilarning kattasi 28 yoşda bölib, u 2008 yilda Belgiyaga tahsil oliş maqsadida yöl olgandi. Biroz ötgaç, u ukasini çaqirib olgan. Ularning ota-onasi hozirda ham Gomelda istiqomat qilişadi.
Manbaning aniqlik kiritişiça, doğistonlik Marat Yunusovda Belgiya pasporti ham bor.






