Bryussel politsiyasi tomonidan bugun şaharda sodir etilgan teraktlarga aloqadorlikda gumon qilinib qölgan olingan Belarus fuqarolari Ivan Dovbaş va Aleksey Dovbaş özlariga qöyilayotgan aybga munosabat bildirişdi. Ayni vaqtda Belgiyada yaşaydigan bu belaruslar özlarining teraktlarga aloqador emasligini aytişgan.
"Agar biz xudkuş terrorçi bölsak, nega tirikmiz?", deydi aka-ukalarning kattasi.
U özlarini 14 mart kunidan buyon terrorçilikda gumon qilib kelişayotganini bildirgan.
Belgiya maxsus xizmatlari ularni heç bir asossiz, şubha tuğdirgani uçun qölga olgan.
Bundan oldinroq, Bryusseldagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 3 nafar belaruslik qölga olingani, Belarus maxsus xizmatlari bu ma'lumotlarni tekşirayotgani haqida xabar berilgandi.






