22 mart kuni Belgiya poytaxti Bryussel şahrida yuz bergan teraktlar natijasida jami 34 kişi halok bölgan va 81 kişi jarohatlangan. Bu haqda VRT telekanalida ma'lum qilingan.
Xabarda aytilişiça, aeroport hududida 14 kişi, metropolitenda esa 20 kişi terakt qurboniga aylangan.
Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 28 nafar ekani (aeroportda 17, metroda 11 kişi) aytilgandi.
Eslatib ötamiz, 22 mart, seşanba kuni Belgiya poytaxti Bryusselda aeroport va metroda portlaşlar yuz berdi. Hukumat aeroportdagi portlaşlarni terakt deb tan oldi, aholiga köçaga çiqmaslikni tavsiya qilmoqda.
Portlaşlar uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.






