2014 yil boşida Auchan Italiyada işga tuşirgan Lillapois kompaniyasi Rossiyada ham drogeri körinişidagi çakana savdo tarmoğini işga tuşiradi.
“Interfaks”ning xabariga köra, reteyler ilk uçta Lillapois dökonlarini yaqin oylarda oçişni rejalaştirgan.
Lillapois dökonlari uy va şaxsiy parvariş mahsulotlariga ixtisoslaşgan. Lillapois Garnier, L`Oreal Paris, Pupa, I Provenzali kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Umumiy daromadi 53,5 milliard yevro atrofida hisoblangan Auchan fransuz savdo tarmoği 16 mamlakatda tarqalgan va uning 1657 savdo dökonlari bor.
Ma'lumot uçun: drogeri – kosmetika, parfyumeriya, şaxsiy gigiyena vositalari, farmatsevtik va boşqa nooziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi kiçik attorçilik dökonlari.







