Yaponiyaning Mitsubishi korporatsiyasi energetik loyihalar bilan boğliq aktivlarining qadrsizlanişi oqibatida öz tarixida birinçi marta zarar körmoqda. 24 martda "Kiodo" axborot agentligi ma'lum qilganidek, 2015 moliya yili yakunlariga köra (joriy yilning martida tugaydi) kompaniyaning zarari 100 mlrd iyenga (887 mln dollar) yaqinni taşkil qiladi.

Ta'kidlanişiça, yomon moliyaviy hisobotning asosiy sababi neft, tabiiy gaz va boşqa energiya zaxiralari hamda xom ayoşalar narxining pasayişi bölmoqda. Xususan, Mitsubishi Çilida mis qazib oliş böyiça loyihasidan katta zarar körmoqda. Avvalroq yapon korporatsiyasi 2015 yil uçun operatsion daromadni 300 mlrd iyen (2,66 mlrd dollar) miqdorida prgnoz qilayotgan edi.

Mitsubishi’dan taşqari, 2015 moliya yili yakunlariga köra Mitsui kompaniyasi ham zarar köradi.

Mitsubishi korporatsiyasi 1954 yilda taşkil etilgan. Korporatsiya energetika, maşinasozlik, bank va moliya tarmoqlarida biznesga ega. Ayni vaqtda kompaniyada 70 mingga yaqin odam işlaydi. 2014 moliya yili natijalariga köra kompaniya 3,64 mlrd dollar midorida operatsion daromad olgandi.