Pokiston ğarbida Islom Respublikasi maxsus xizmati operativlari tomonidan Hindiston josuslik xizmati zobiti qölga olindi. Bu haqda Pokiston Içki işlar vazirligi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, Belujiston viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Kvetta şahrida Hindiston fuqarosi hibsga olingan. Islomobod rasmiylari ma'lumotiga köra, Kul Bxaşan Yadav Hindiston harbiy dengiz flotining kapitan unvonidagi zobiti hisoblanadi.

IIV ma'lumoti böyiça, u Xitoy-Pokiston iqtisodiy yölagi (SPEC) deb ataluvçi Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikning keng kölamli loyihalari töğrisida ma'lumotlar töplaş maqsadida, Pokiston hududiga qalbaki hujjatlar bilan kirib olgan.

Pokiston maxsus xizmati bir yildan ortiq muddatdan buyon uşbu hindistonlikning harakatlari va faoliyatini kuzatib yurgan. Aniqlanişiça, u Belujiston viloyatidagi ayirmaçilik guruhlari bilan aloqada bölgan va ularga ma'lumotlar evaziga pul mukofotlari berib turgan.

Josusning buyumlari orasidan Afğoniston va Pokiston mobil aloqa operatorlarining röyxatdan ötmagan sim-kartalari hamda Pokiston-Afğoniston çegarasidagi ayrim hududlarning batafsil xaritalari topilgan.

Şu voqeadan söng Hindiston elçisini Pokiston IIVga çaqirtirildi va norozilik bildirildi.