25 – 27 mart kunlari Toşkent şahridagi Yoşlar Ijodiyoti saroyida Xalqaro Yoşlar sammiti ötkaziladi.

Özbekiston Ingliz tili öqituvçilari uyuşmasi (UzTEA) va Yoş yetakçilarni qöllab-quvvatlaş dasturi (YLDP) hamkorligida taşkil etilgan mazkur tadbirda horijdagi turli oliy ta'lim muassasalari va mahalliy oliy va örta-maxsus ta'lim muassasalari talabalari iştirok etişadi.

Jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Singapur menedjmentni rivojlantiriş instituti, Turin Politexnika universiteti, Toşkentdagi Inha universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Özbekiston Milliy universiteti va boşqa ta'lim dargohlarining intiluvçan talabalari iştirokidagi Sammit ingliz tilida olib boriladi.

Xalqaro Yoşlar sammitida 400 dan ortiq qatnaşçilar 5 mavzu – “Milliy turizmning ahamiyati” , “Soğlom oila – soğlom jamiyat kafolati” , “Kiyiniş va muomala madaniyati qançalar muhim?” , “Iqtisodiy taraqqiyotning özbek modeli” , “Atrof-muhitni asraş – yoşlar nigohida” kabi mavzular yuzasidan özaro davra suhbatlari va muhokamalar ötkazişadi, treninglar davomida sohalar böyiça maşhur mutaxassislardan saboqlar oliş imkoniga ega böladilar.

Sammitning ikkinçi iş kuni 26 mart sanasidan qölda yasalgan buyumlar yarmarkasi örin olgan bölib (10:00 – 18:00), körgazmaga kiriş bepul.

Sammit 27 mart sanasida tantanali taqdirlaş marosimi konserti bilan yakunlanadi.