2020 yilga borib Özbekiston poytaxtining har bir tumanida kamida bitta texnopark qurilişi rejalaştirilgan. Bu haqda Toşkent şahar ma'muriyati ma'lum qilgan.
Toşkent şahrida 3ta texnopark faoliyat körsatadi: poytaxtning Yakkasaroy, Sergeli va Yunusobod tumanlarida.
Bu tajriba öz natijasini körsatdi. Texnoparklarning şahar çiziğida joylaşganini hisobga olganda, bu logistika uçun juda qulay. Şu bilan birga bu yerda idoralar ijarasi eng arzon, tadbirkorlarga kreditlarni qölga kiritişga yordam körsatiladi, huquqiy maslahatlar beriladi, özlarining şaxsiy bank bölimlari, notarial idoralari mavjud.
Texnoparklar hududida tekstil va yoğoçni qayta işlaşdan tortib to avtomobilsozlik va kimyo sanoatigaça bölgan turli xil işlar amalga oşiriladi. Idoralarni arzon ijaraga oliş tufayli innovatsion loyihalarga mablağ tikkan işlab çiqaruvçilar muayyan pul vositalarini tejaydi.
Toşkenttdagi mavjud texnoparklarning birida işlab çiqarişga ortiqça joy qolmagan, şuning uçun ham yangi texnoparklarni quriş bilan bir qatorda eskilarini kengaytiriş ham rejalaştirilmoqda.
Texnoparklar hududida ekspozitsion majmualar yaratilib, u yerda korxonalar öz mahsulotlarini namoyiş qiliş imkoniga ega bölişadi. Keyinçalik respublikaning boşqa mintaqalarida ham texnoparklar qurilişi amalga oşiriladi.






