Tvitter foydalanuvçilarini 27 mart kuni tarmoqda paydo bölgan qörqinçli selfi hayratga soldi.

Suratda yoş juftlik közguli oyna qarşisida suratga tuşgan. Şunisi qiziqki, oynada qizning aksi körinmoqda, ammo unga qiz teskari bölib turibdi. Uç kun içida surat 16,5 ming retvitlarni yiğdi.

9gag.com saytida ilk bor paydo bölgan suratning haqiqiy ekanligi köplab muzokaralarga sabab böldi. Fikrlar ikkiga ajraldi: köplab insonlar surat fotoşop tomonidan özgartirilgan, deb hisoblasa, qolganlar uni sir-sinoat bilan boğlaşmoqda.

Köpgina foydalanuvçilarni bu surat juda ham qörqitdi. @JunkieCentric nomli foydalanuvçi saytda şu suratni körib uxlay olmaganligi haqida yozuv qoldirdi. Boşqa bir izohçi esa suratdagi qizni «Garri Potter. Hikmatlar toşi» filmidagi Volan-de-Mort bilan öxşaşlik taraflari bor deb aytdi.

Sezgir foydalanuvçilar bu surat 2015 yilda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaganligini, lekin bugungidek maşhur bölmaganligini payqaşdi.