Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Artsrun Ovannisyan agar Ozarbayjon tan olinmagan Toğli Qoraboğni öqqa tutişni töxtatmasa, mamlakat "munosib javob berişini" aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ozarbayjon mudofaa vaziri buyruği Boku Qoraboğda janglar ketayotganini endigina tuşunganini anglatadi. Biroq Ozarbayjonda şuni bilişlari kerakki, Armaniston zarbaga yanada kuçliroq zarba bilan javob beradi", deb aytdi Ovannisyan.
Ovannisyan Armaniston mudofaa vaziri örinbosari David Tonoyan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining amaldagi raisining şaxsiy vakili Andjyey Kasprşikani Bokuning tahdidlaridan xabardor qilganini ma'lum qildi.
Avvalroq Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanov agar Armaniston Ozarbayjon aholi punktlarini öqqa tutişni töxtatmasa, Toğli Qoraboğning poytaxti Stepanakert va boşqa hududlariga artilleriya zarbasi berişni boşlaşga buyruq berişini aytgandi.






