Angliyaning «Tottenhem» klubi hujumçisi Harri Keyn Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
Ötgan oyda «Tottenhem» hujumçisi jamoasining törtta öyinida beşta gol urdi va 22ta gol bilan APLning töpurarlar röyxatida birinçi öringa kötarilib oldi.

«Lester» jamoasi boş murabbiyi Klaudio Raneri esa oyning eng yaxşi murabbiyi deb tan olindi.
Ötgan oyda italiyalik mutaxassis qöl ostida «Lester» törtta öyindan 3tasida, ya'ni, «Uotford», «Nyukasl» va «Kristal Pelas»ga qarşi öyinlarda bir xil – 1:0 hisobida zafar quçgandi. «Vest Bromviç»ga qarşi öyinda esa 2:2 hisobida durang qayd etilgandi.






