AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Robert Uorkning bergan bayonotiga köra, Pentagon Rossiyadan Amerika harbiy sun'iy yöldoşlariga örnatiladigan RD-180 rusumli raketa motorlarini xarid qilişi lozim. Bu savdo yaqin olti yil içida amalga oşirilişi kerak, deb xabar qilmoqda Reuters.
AQŞ Kongressi esa, Qrimning Rossiyaga qöşilgani sababli, RD-180 dvigatellaridan 2019 yildan keyin foydalanişni ta'qiqlagan.
Senatning qurolli kuçlar masalalari böyiça qömitasi raisi senator Jon Makkeyn öz navbatida, garçi RD-180 Atlas V raketalarini uçirişda muhimligiga qaramay, undan foydalanişni töxtatiş lozimligini ta'kidlamoqda.
Uning aytişiça, Ukrainadagi voqealar sababli AQŞ sanksiyalar röyxatiga kiritilgan ikki nafar rossiyalik "Roskosmos" rahbarlaridan bölgan. Ma'lumki, uşbu taşkilot ham RD-180ni işlab çiqarilişiga bevosita aloqasi bor.
Bundan avval, Amerika mudofaa vazirligi Aerojet Rocketdyne va United Launch Services kompaniyalari bilan RD-180 örnini bosa oladigan raketa dvigatellari işlab çiqariş böyiça şartnoma imzolagan edi.






