Şvetsiyaning Malmyo şahrida noma'lum şaxslar Al-Saloma arab maktabiga öt qöyişdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

"Arab maktabi binosida kuçli yonğin çiqdi. Bino töliq alanga içida qolgan", deb aytdi qutqaruv xizmati zobiti Pol Byurexag.

Ta'kidlanişiça, voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilar voqea joyidan yaşirinmoqçi bölgan şubhali avtomobilni payqaşgan. Politsiya xodimlari avtomobilni uşlaşmoqçi bölişgan, biroq noma'lum şaxslar yaşirinişga muvaffaq bölgan.

Maktabning voqea joyida bölgan 20 nafarga yaqin xodimi bu holatga izoh berişdan boş tortgan. Ulardan heç biri jabrlanmagan.

Politsiya voqea tafsilotlarini aniqlaştirmoqda va qoçib ketgan qonunbuzarlarni qidirmoqda.