Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining 2016 yil 5 martdagi «Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari sayloviga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkaziş töğrisida»gi qaroriga muvofiq şu yil may-iyun oylarida fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga saylov bölib ötadi.
«Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovi töğrisida»gi qonunning 17-moddasida qayd etilganidek, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi, qoida tariqasida, oliy ma'lumotli, bevosita saylovga qadar kamida beş yil tegişli hududda doimiy yaşayotgan bölişi, taşkilotçilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki tadbirkorlik va boşqa xöjalik sohasida iş tajribasiga, hayotiy tajribaga va aholi örtasida obro‘-e'tiborga ega bölişi kerak.
Bu haqda «Mahalla» xayriya jamoat fondi boşqaruvi raisi, Oliy Majlis Senati Kengaşining saylovni taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi komissiyasi a'zosi Jovdatxon Inoğomov ma'lumotiga asoslanib, «ÖzA» xabar bermoqda.
Fuqarolar yiğini raisi mas'uliyatli lavozim bölib, u mahalla organlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalari ijrosini taşkil etişi, davlat organlarida, yuridik va jismoniy şaxslar bilan özaro munosabatlarda fuqarolar yiğini nomidan iş olib borişi hamda uning manfaatlarini ifodalaşi zarur.
Bunday mas'uliyati, ayni paytda şarafli vazifa egasi özining taşkilotçiligi, xulq-atvori, bilimi, ijtimoiy faolligi bilan ajralib turişi, el orasida obro‘-e'tibor qozongan bölmoği darkor.










