Bu saylovda Tramp, uning uruş kampaniyasi, Isroil manfaatlarini Amerika manfaatlaridan ustun qöygani, uruşlarda kuçsiz davlatlarga bosim qiliş ğoyasi yutqazdi.

Tramp mağlubiyatni tan oldi

Senat ustidan nazorat bu saylovlar uçun eng muhimi edi. Çunki Vakillar palatasi qarorlari Senat tasdiğisiz heç qanday ahamiyatga ega emas. Demokratlar bir neçta tortişuvli ştatlarda respublikaçilarni yengib, har ikki palata ustidan nazoratni qölga oldi. Odatda ikki partiya vakillarining Senatdagi örinlari orasida farq katta bölmaydi, şu sabab demokratlar bir neçta ştatlarda tennisçasiga aytganda «breyk point» olgani ğalaba uçun yetarli bölmoqda.

Donald Tramp bu gal avvalgi mağlubiyati kabi odamlarni köçaga çiqişga çorlamadi, «demokratlar bilan işlaşga tayyorligini» aytdi. «Byulletenlarda uning nomi bölmagani, aks holda ğalaba qozongan bölişini» aytişni ham unutmadi.

Demokratlar kamida yettita ştatda Senat uçun örinlarni respublikaçilardan qaytib oldi. Eng katta sensatsiya Texasda böldi. Bu ştat azaldan konservativ bölib kelgan va unda demokratlar ğalabasi katta sensatsiya hisoblanadi. Ştatdagi gubernatorlik saylovida maşhur respublikaçi Greg Ebbot kelib çiqişi lotin amerikalik demokrat Jina Inaxosaga yengilgani yetmaganday, Senat uçun saylovlarda demokrat Jeyms Talariko respublikaçi Ken Pakstonni yengdi. Kanzasda demokrat Adam Hemilton Senat uçun poygada respublikaçi Rojer Marşalni yengdi. Poyga bölgandan keyin Hemilton yutadi-da, töğrimi? Darvoqe, bu ştatda demokratlar oxirgi marta 1932-yilda ğalaba qozongandi. Tramp tarixda yozişda davom etadi!

Ohayo, Şimoliy Karolina, Meyn ştatlarida ham demokratlar muhim ğalabalarni qölga kiritdi. Vakillar palatasida demokratlar kamida 24 örinni respublikaçilardan qaytib olgan. Barça ovozlar hisoblab çiqilganda ham quyi palata nazorati demokratlarga ötişi aniq. Demokratlar yetakçisi Hakim Jeffris «Amerika qaytdi» deb aytdi. Endi u katta ehtimol Vakillar palatasi spikeri böladi. Hozirgaça heç bir qora tanli siyosatçi Amerika Kongressida bunday muhim lavozimni egallamagan.

1988-yildan buyon Texasni respublikaçilar boşqarib kelayotgandi. Lekin ştatning uzoq yillik lideri mister Ebbot Jina Inaxosa xonimga yutqazib qöydi. Jorjiyadagi gubernatorlik saylovida demokrat Keişa Lans Bottoms xonim oldinda. U ştatning ilk qora tanli gubernatoriga aylanadigan körinadi. Ohayo va Ayovadagi ham demokratlar gunernatorlik kursisini Trampning respublikaçilaridan tortib oldi.

Tramp saylov tugaşi bilan darhol intervyu berib, kutilmaganda mağlubiyatni tan oldi. «Byulletenda uning ismi bölmagani, şu sabab bu uning siyosiy faoliyatiga baho bölolmasligini» taʼkidladi. Lekin demokratlar yaxşi kampaniya olib borganini qayd etdi. Baʼzi respublikaçilarning özini mağlubiyatda aybladi. Masalan, Texasda Ebbotni.