AQŞda har tört yilda bir marta ötkaziladigan prezidentlik saylovlari orasida, yaʼni prezident vakolatining ikki yili ortda qolganida, oraliq saylovlar taşkil etiladi. Bu yilgi saylovlarda ham amerikaliklar mamlakat siyosiy hayotida muhim örin tutadigan vakillarni tanlamoqda.
Saylovoldi jarayonida millionlab fuqarolar muddatidan avval ovoz beriş imkoniyatidan foydalandi. Dastlabki maʼlumotlarga köra, saylov kuniga qadar 57 milliondan ortiq amerikalik öz tanlovini amalga oşirgan. Bu esa saylovga bölgan qiziqiş yuqori ekanini körsatadi.
Bu galgi saylovlarda AQŞ Kongressining Vakillar palatasidagi barça 435 örin va Senatdagi 35 örin uçun kuraş ketmoqda. Şuningdek, 36 ştatda gubernatorlar, ştat qonun çiqaruvçi organlari hamda turli mahalliy boşqaruv idoralari vakillari saylanmoqda.
Poytaxt Vaşingtonda ham saylov jarayoni öziga xos ahamiyatga ega. Çunki Vaşington AQŞ ştati maqomiga ega emas va alohida federal okrug hisoblanadi. Şu sababli poytaxt aholisi gubernator emas, şahar merini saylaydi. Bundan taşqari, ular şahar kengaşi aʼzolari va Kongressdagi ovoz beriş huquqi çeklangan delegatni ham tanlaydi.
AQŞda ovoz berişning bir neçta usuli mavjud. Fuqarolar poçta orqali byulleten yuborişi, maxsus qutilarga ovoz beriş varaqasini taşlaşi, saylov kunidan oldin maxsus uçastkalarda ovoz berişi yoki bevosita saylov kuni saylov markaziga borişi mumkin. Vaşingtonda ham saylovçilar uşbu tört imkoniyatdan foydalanmoqda.
Poytaxtdagi ovoz beriş manzillaridan biri - Eastern Market.
Şaharning şimoli-şarqida joylaşgan uşbu tarixiy maskan bugun saylov uçastkasi sifatida ham xizmat qilmoqda. Bu yerda fuqarolar özlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz bermoqda.
Siyosiy jihatdan esa bu saylovlar, avvalo, Respublikaçilar va Demokratlar örtasidagi kuçlar nisbatini belgilab beradi. Respublikaçilar partiyasi ikki yil avvalgi prezidentlik saylovida qölga kiritilgan siyosiy ustunlikni saqlab qoliş va Kongressdagi nazoratini mustahkamlaşga umid qilmoqda.
Demokratlar esa aksinça, Kongress palatalaridan kamida birida köpçilik örinni qölga kiritib, Donald Tramp maʼmuriyatining ayrim siyosiy taşabbuslarini çeklaşni maqsad qilgan. Agar ular Kongressda nazoratni qölga kiritsa, prezidentning qonunçilik taşabbuslarini ötkazişi ança murakkablaşişi mumkin.
Şu bois 3-noyabr kungi ovoz beriş nafaqat Kongress va mahalliy boşqaruv organlarining yangi tarkibini belgilaydi, balki Donald Tramp prezidentligining keyingi ikki yili qanday siyosiy şaroitda ötişini ham körsatib beradi. Saylov natijalari esa amerikalik saylovçilarning amaldagi hukumat siyosatiga bergan muhim bahosi böladi.










