DW onlayn xronologiyasida keltirilgan maʼlumotlarga köra, 3-noyabr kuni ötgan saylovlardan söng köplab ştatlarda ovozlarni sanaş davom etmoqda. Manbadagi eng sönggi dastlabki hisobda Senatdagi umumiy örinlar böyiça demokratlarda 45 ta, respublikaçilarda 36 ta örin körsatilgan. Qolgan örinlar böyiça ğoliblar hali aniqlanmagan.
Eng keskin kuraşlardan biri Texasda keçmoqda. CNN maʼlumotiga köra, Senat uçun saylovda demokrat Jeyms Talariko respublikaçi Ken Pakstondan ança oldinda bormoqda. Respublikaçilar ştatning amaldagi gubernatori Greg Ebbott ham qayta saylaniş uçun kuraşda mağlub bölişi mumkinligidan xavotirda. Biroq qişloq hududlaridan keladigan natijalar partiyaning ortda qolişini qisqartirişi kutilmoqda.
Janubiy Karolina, Ohayo, Ayova va Kanzas kabi anʼanaviy konservativ ştatlarda ham respublikaçi nomzodlar dastlabki hisobda demokratlardan ortda qolmoqda. Nebraskada esa respublikaçi nomzod mustaqil nomzodga yutqazmoqda. Uşbu ştatlarda yakuniy ğoliblar hali belgilanmagan.
Associated Press agentligi prognoziga köra, demokrat Roy Kuper Şimoliy Karolinada Senat uçun saylovda respublikaçi Maykl Uotli ustidan ğalaba qozonadi. Şu tariqa, demokratlar bu saylovda ilk bor respublikaçilarga tegişli senatorlik örnini qölga kiritişi kutilmoqda. Kuper siyosatdan ketişini eʼlon qilgan respublikaçi Tom Tillis örnini egallaydi.
AP, şuningdek, Nyu-Hempşirda demokrat Kris Pappas, Jorjiyada Jon Ossoff va Virjiniyada Mark Uornerning ğalabasini prognoz qilmoqda. Demokratlar Kolorado, Nyu-Meksiko, Delaver, Illinoys, Massaçusets, Nyu-Jersi va Rod-Aylenddagi Senat saylovlarida ham ğolib çiqişi kutilmoqda.
Respublikaçilar esa Kentukki, Oklaxoma, Florida, Ğarbiy Virjiniya va Vayomingda Senat örinlarini saqlab qolişi prognoz qilingan. Jumladan, Kentukkida Endi Barr, Oklaxomada Kevin Xern, Floridada Eşli Mudi ğalaba qozonişi kutilmoqda.
Gubernatorlik saylovlarida ham dastlabki prognozlar eʼlon qilingan. AP demokratlarning Massaçusets, Konnektikut, Rod-Aylend, Nyu-York, Pensilvaniya, Merilend, Illinoys, Jorjiya va Koloradoda - jami töqqiz ştatda ğalaba qozonişini kutmoqda. Florida va Vayomingda esa respublikaçi nomzodlar ğolib çiqişi prognoz qilingan.
AQŞda oraliq saylovlar prezidentning tört yillik vakolat muddati örtasida ötkaziladi. Bu safar saylovçilar Vakillar palatasining barça aʼzolari, Senatning uçdan bir qismi, şuningdek, ayrim ştatlar gubernatorlari va mahalliy hokimiyat vakillarini saylamoqda.












