Zambiya kvaçasi 2016 yilning eng daromadli valyutasi sifatida e'tirof etildi. Bloomberg agentligining izoh berişiça, kvaça qadrining yuksalişi körsatkiçi böyiça jahonning qolgan 150 valyutasini ortda qoldirgan.
Ekspertlarning fikriça, valyuta kursining bu qadar tez sur'atlarda kötarilayotgani, mis narxining oşişi bilan boğliq.
Mis işlab çiqariş böyiça Afrika qit'asining ikkinçi yirik mamlakati hisoblanuvçi Zambiya valyutasi dollarga nisbatan 19,9 foizga kötarilgan. Taqqoslaş uçun, oltin narxi 16,3 foizga qimmatlaşdi.
Qayd etiş joizki, Zambiya pul birligi ötgan yili 42 foizga qadrsizlanib, dunyoning eng yomon valyutalari uçligiga kirgan edi. Endilikda, iqtisodçilar uning yana bir neça foizga kötarilişini başorat qilmoqdalar.
2015 yil yakunlariga köra, Ozarboyjon manati, qozoq tengesi va Zambiya kvaçasi qadrsizlaniş böyiça yetakçi pul birliklari deb topilgan edi.






