Surrey Universiteti biologlari sirkad ritmi – uyqu va bedorlik sikli buzilişi – erkaklarga nisbatan ayollarga köproq ziyon yetkazişini aniqladi. Bunda ayollarning mehnat samaradorligi pasayib ketadi.
Mazkur holat asosan tungi navbatçilikda işlaydigan, jumladan hamşira, qöriqçi va politsiya xodimlariga tegişli. Tadqiqot natijasi Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida çop etildi.
Tajribada 16 nafar erkak va 18 nafar ayol iştirok etdi. Ular tabiiy yoruğlik almaşinuvi bölmagan şaroitga joylaştirildi. Natijada uyqu va bedorlik sikli surilib bordi.
Har uç soat bedorlikda qatnaşçilar qator vazifalarni bajarganlar. Jumladan öz holatlari: uyquçanlik, kayfiyat va qandaydir iş bajarişda sarflangan quvvat xususidagi hisobotni töldirişgan.
Iştirokçilar aqliy salohiyatni belgilovçi testdan ham ötgan. Köngillilarning diqqat jamla olişi, motorikasi va mehnat xotirasi ham tekşirilgan. Tadqiqotçilar qatnaşçilar uxlayotgan paytda elektroensefalogramma miya faolligini ham sinab körgan.
Tajribalar şuni körsatdiki, sutka siklining surilişi erkak va ayollarning aqliy salohiyatidan köra, köproq kayfiyatiga katta ta'sir körsatdi. Biroq sirkad ritmlari erkaklarga soliştirganda ayollarga ançagina kuçli ta'sir etdi. Bu ularning tonggi soatlarda, odat böyiça tungi smenaning yakuniga töğri keluvçi paytlarda fikrlaş darajasining susayişiga olib keldi.






