19 aprel kuni Parijning Monparnas vokzalidagi binolar majmuasida qurolli kuçlarning yirik antiterror öquv maşqlari bölib ötdi. Ularda birinçi marta uç asosiy taşkilot - politsiya (Raid), jandarmeriya (GIGN) va Parij jinoiy qidiruv boşqarmasi (BRI) bir vaqtning özida iştirok etdi.

Öquv maşqlarida Fransiya içki işlar vaziri Bernar Kaznyov, Parij prefekti Mişel Kado va jandarmeriya va politsiya boşliqlari qatnaşdi.

Rejaga muvofiq, avval heç birga işlamagan uç maxsus idoraning özaro hamkorligi işlab çiqildi. Terroristlarga aynan şunday javob beriş zarurati Parijdagi 2015 yilda bölgan teraktlar talabidir. Öşanda maxsus qismlar kelişigan holda harakat qilmagani tufayli ekstremistlarni bartaraf etiş keçikkandi. Buning natijasida terrorçilar 90 kişini otib öldirişgandi. Jami qurbonlar soni 130 nafarni taşkil qiladi.

19 aprel kungi öquv maşqlarida Monparnas vokzaliga bir vaqtning özida 9 kişining hujumi uyuştirildi, ular yölovçilarni öqqa tutişdi, perronda jönaşga tayyor ikki poyezdni qölga olişdi, şuningdek kutiş zalidagi yölovçilarni garovga olişdi.

Öquv maşqlari mobaynida 150 kişilik tarkibdan iborat uç idoraning hamkorlikdagi harakatlari işlab çiqildi. U atigi 10 daqiqa davom etdi. Natijada qölga olinganlarning uç guruhi yöqotişlarsiz ozod qilindi, "soxta terroristlar"ning aksariyat qismi "yöq qilindi".