Toshkent şahrida şaxmat böyiça birinçi özbek grossmeysteri Georgiy A'zamov xotirasiga bağişlangan Toshkent Open X xalqaro turniri yakunlandi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi hamda mamlakatimiz şaxmat federatsiyasi hamkorligida yoşlar örtasida şaxmatni yanada ommalaştiriş, sportçilarning tajribasini oşiriş, özbek şaxmat maktabi imkoniyatlarini keng tarğib etiş maqsadida ötkazilgan musobaqada mezbon şaxmatçilar bilan birga qator davlatlardan kelgan jami yuzdan ziyod sportçi özaro bahslaşdi.
Şveytsarça tizimda töqqiz turdan iborat musobaqada 7,5 oçko jamğargan tojikistonlik Farrux Omonatov qöşimça körsatkiçlarga köra birinçi, ozarbayjonlik Rauf Mamedov ikkinçi, 7 oçko jamğargan ukrainalik Aleksandr Zubarev uçinçi örinni egalladi.
Xotin-qizlar örtasida eng yaxşi natijani Gulruhbegim Tohirjonova (6,5 oçko) qayd etgan bölsa, Sarvinoz Qurbonboyeva va Sevara Boymurodova 5,5 tadan oçko töpladi.
20 yoşgaça bölgan şaxmatçilar örtasida Nodirbek Yoqubboyev (6,5 oçko), Ortiq Niğmatov (6 oçko), Nilufar Yoqubboyeva (5 oçko) kuçlilar qatorida e'tirof etildi.
10 yoşgaça bolalar örtasida Islombek Sindorov (4,5 oçko), 6 yoşgaça bolalar örtasida Humoyun Begmurodov (4 oçko) taqdirlandi.
Faxriylar örtasida Akrom Toşxöjayev (6 oçko) birinçi, Vladimir Yegin (5,5 oçko) ikkinçi, Georgiy Li (5,5 oçko) uçinçi örinni egalladi.
Şuningdek, özbekistonlik şaxmatçilardan Alişer Rustamov 7 oçko töplagan bölsa, Odil Rahmon, Bahodir Xolmirzayev 6,5 oçko, Jahongir Vohidov, Aleksey Barsov, Uluğbek Tillayev, Bobir Sattorov, Alişer Begmurodov, Saidakbar Saidaliyev, Elbek Jumanov, Nikita Xoroşev 6 tadan oçko jamğardi.






