2016 yil 28 aprel, payşanba kuni Toşkent şahri Yunusobod tumani “Bodomzor” dahasidagi “Mirza Yusuf” jome masjidiga Rahmatulloh qori Sayfuddinov imom-xatib etib tayinlandi.
Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boşçiligidagi bir guruh mas'ullar “Mirza Yusuf” masjidida peşin namoziga yiğilgan namozxonlarga yangi imom-xatib Rahmatulloh qori Sayfuddinovni taniştirdilar va masjid qavmini muborakbod etdilar.
Rahmatulloh qori Sayfuddinov köp yillardan buyon diniy sohada faoliyat olib bormoqda. U Toşkent şahridagi “Yunusobod Oq-tepa”, “Xöja Alambardor”, “Minor” kabi jome masjidlarda imom-xatib vazifasida samarali mehnat qilgan. Şuningdek, u Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida öqituvçi vazifasida ham işlab kelmoqda. 2011 yilda ötkazilgan “Yil imomi” körik tanlovi Respublika bosqiçining mutlaq ğolibidir.
Bundan taşqari Rahmatulloh qori Sayfuddinov yoşlarni komil inson qilib tarbiyalaş va ularni turli tahdidlardan himoya qiliş borasida tinmay izlanişlar olib bormoqda. Jumladan, dolzarb mavzudagi bir neçta diniy-ma'rifiy kitoblari naşr etilgan va audio-video disklari çiqarilgan.
Rahmatulloh qori Sayfuddinovning kelgusidagi işlariga Alloh taolodan muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozadi Özbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.






