«Mançester Yunayted» «Lester»dan fransiyalik yarimhimoyaçi Ngolo Kanteni transfer qiliş böyiça muzokara ötkazmoqçi.

Goal.com xabariga köra, mankunianlar klubi «Lester»ga futbolçining yozgi transferlar vaqtida sotilişi ehtimoli böyiça murojaat qiladi. Bu masala şu haftada «tulkilar»ning «Mançester Yunayted»ga qarşi «Old Trafford»da keçadigan bahsidan keyin körib çiqilişi kutilmoqda.

Qayd etilişiça, Kantening öyinlari mankunianlar jamoasining sobiq boş murabbiyi Aleks Fergyusonga ma'qul kelgan. Şotlandiyalik mutaxassis uşbu futbolçini transfer qilişni «Mançester Yunayted» rahbariyatiga tavsiya etgan.

Jamoa uşbu futbolçi uçun 20 million funt sterling (27 mln yevro) berişni möljallagan. «Mançester Yunayted» bundan köproq talab etilsa ham, navbatdagi taklifni bildirişi mumkin. Kantening transferi evaziga mankunianlar braziliyalik futbolçisi Andreas Pereyrani «Lester»ga ijaraga berişga tayyor.

Bundan oldinroq, «Yunayted»«Benfika»ning 18 yoşli yarim himoyaçisi Renatu Sanşeşga qiziqiş bildirayotgani haqida xabar berilgandi.