Özbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, “Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda milliy madaniyat markazlari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muhammadiyev, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining ma'naviyat va ma'rifat boşqarmasi boşliği M.Komilov va boşqalar Prezidentimiz rahnamoligida inson huquq va manfaatlarini himoya qiliş, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik muhitini mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasida 50 dan ortiq millat va elat vakillari özaro ahil-inoq va totuv yaşab, amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik işlarida faol iştirok etmoqda.

– Mamlakatimizda barça millatlarning öz tili, madaniyati va urf-odatlarini rivojlantirişi uçun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 4-kurs talabasi Anastasiya Botova. – Biz yoşlar, qaysi millat vakili bölişimizdan qat'i nazar, öz ona tilimizda bilim olib, kasb egallamoqdamiz.

Tadbir doirasida “Milliy va diniy bağrikenglik – barqarorlik omili”, “Qudratimiz – birlik va hamjihatlikda“ mavzularida davra suhbati ötkazildi. “Soğlom avlod tarbiyasida millatlararo totuvlikning örni” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar hamda “Biz sening farzandlaringmiz, Özbekiston!”, “Soğlom ona, soğlom bola – millat baxti” nomli körgazma taşkil etildi. Unda turli millatlar madaniyati va san'ati namunalari, hunarmandlik mahsulotlari, milliy liboslari namoyiş etildi.

Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan turkman, qozoq, rus, ukrain, koreys milliy madaniyat markazlari qoşidagi badiiy havaskorlik jamoalarining mustaqillik, tinçlik, döstlik va mehr-oqibatni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlari yangradi.

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi B.Yangiboyev sözga çiqdi.

A. Ortiqboyev, ÖzA muxbiri

Suratlar : Maqsad Habibullayev.