Yiğilişda Qoraqalpoğistonda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning kölami ham kengayayotgani taʼkidlandi.
Qayd etilişiça, Nukusdagi markaziy şifoxonada jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oşirilmoqda. Orolböyi bolalar şifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat körsatilyapti. Şu yil boş miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yönalişlarda 1,5 mingta operatsiya ötkazilgan.
Hududda tibbiy suğurta mexanizmi joriy etilgan. Tibbiyot muassasalariga 10 mln dollarlik jihozlar olib berilgan.
Özbekistonda birinçi marta xususiy şeriklik asosida taşkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholaş va malakasini oşirişda metodik markaz bölişi maʼlum qilindi. Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi taşkil etiladigan köp tarmoqli şifoxonani yaxlit tizimga birlaştirib, Universitet tibbiy klasteri taşkil qilinadi.
Şuningdek, Möynoqqa kelib işlayotgan şifokorlarga tölanayotgan 200 foizgaça oylik ustama 1-yanvardan Bözatov va Taxtaköpirda ham joriy etiladi.

















