1 may kunidan boşlab 1 oydan ortiq vaqt davomida işlamay turgan Belgiya poytaxti Bryussel şahridagi Zaventem xalqaro aeroporti faoliyati tiklandi.

22 mart kuni amalga oşirilgan teraktlardan keyin faoliyati töxtatib turilgan aeroportda bugun yana parvozlar amalga oşirilgan.

Ayni vaqtda aeroportda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan holda qolmoqda, yölovçilar alohida reyslar xizmatidangina foydalanişlari mumkin.

Zaventem aeroporti teraktdan keyin 12 kun davomida butunlay yopiq turgandi. Uning töla tartibda işlay boşlaşi iyun oyiga belgilangan.

Aeroport direksiyasi bayonotida aytilişiça, ayrim reyslarning yölga qöyilişi ham belgiyaliklar uçun muhim. Bu ularda teraktlardan keyin yuzaga kelgan qörquvni yöqotişda yordma berişi mumkin.

Eslatib ötamiz, 22 mart kuni tongida bu aeroportda 2ta terakt sodir etildi. Biroz ötib, Bryussel metrosining Maalbek metrosida portlaş amalga oşirildi. Bu teraktlar tufayli jami 31 kişi halok bölib, 300dan ortiq kişi jarohatlangan.

Jabrlanuvçilar 40 mamlakatga mansub kişilar bölgan. Belgiyaning turli şifoxonalaridan ayni vaqtgaça teraktlar vaqtida jarohatlangan 150 kişi qolmoqda, ulardan 61 kişining ahvoli oğir.

Bundan oldinroq, 25 aprel kuni "Maalbek" metro bekatida teraktdan keyingi ilk qatnovlar amalga oşirilgani haqida xabar berilgandi.