Bryusselni «egallagan» traktorlar: Yevropa fermerlari nimadan norozi?
|01:00 / 20.12.20258 1068 min
Italiya va Fransiya qarşiligi ortidan Yevroittifoq «Mercosur kelişuvi»ni imzolaşni yana keçiktirdi. Yevropalik fermerlar Lotin Amerikasining arzon mahsulotlari mahalliy işlab çiqaruvçilarga zarar yetkazişidan xavotirda. YeI yiğilişi arafasida Bryusselga mingta traktorda namoyişçilar bostirib keldi.
Foto: AP PhotoFoto: AP Photo
Yevropa davlatlari örtasidagi keskin muzokaralardan söng Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen bahsli "Mercosur kelişuvi"ni imzolaşni yanvar oyiga qoldirdi.
"Mercosur kelişuvi" – Yevropa Ittifoqi va Argentina, Braziliya, Paragvay hamda Urugvay örtasida erkin savdo hududini yaratişni közda tutadigan yirik bitim. Biroq yevropalik fermerlar narx va işlab çiqariş amaliyotlari böyiça Lotin Amerikasidan keladigan arzon mahsulotlar adolatsiz raqobatga olib kelişidan xavotirlanmoqda.
Savdo kelişuvi şu kunlarda Yevroittifoq sammitining asosiy mavzusiga aylangan. Fon der Lyayyen a’zo davlatlar qölloviga erişgaç, 20 dekabr kuni imzolaş marosimi uçun Lotin Amerikasiga borişni rejalagan edi. Ammo zarur tasdiq bölmagani sababli marosim endi ötkazilmaydi.
Foto: Yevropa Komissiyasi matbut xizmati
18 dekabr kuni Bryusseldagi yiğilişda Italiya boş vaziri Jorjiya Meloni qöşimça vaqt söraganidan söng Yevrokomissiya savdo kelişuvini imzolaşni keçiktirdi. Hozirça aniq sana belgilanmagan.
Bitim tarafdorlari jarayon yana izdan çiqib ketmasligiga umid qilmoqda. Şu bilan birga, bu bitimni faol qöllab-quvvatlayotgan Germaniya va Ispaniya keçikişdan norozi bölmoqda.
Kimlar bu kelişuvga rozi bölmayapti?
Fransiya va Italiya öz fermerlari uçun kuçliroq himoya kafolatlarini ta’minlaş maqsadida keçiktirişni talab qilib kelmoqda.
Bryusseldagi namoyişlar / Foto: AP Photo
Braziliya prezidenti Lula da Silva Italiya boş vaziri bilan telefon orqali suhbatdan söng Jorjiya Meloni kelişuvni qöllab-quvvatlaşini aytgan. Şuningdek, Lula Meloni unga savdo bitimi 10 kun yoki bir oy içida ma’qullanişiga işontirganini qöşimça qildi.
Biroq Rim italiyalik fermerlar uçun yanada mustahkam kafolatlar xohlaydi.
Mavzuga oid
«Italiya hukumati fermerlardan kelayotgan savollarga zarur javoblar berilişi bilanoq kelişuvni imzolaşga tayyor. Bu Yevropa Komissiyasi qarorlariga boğliq va qisqa muddat içida hal qilinişi mumkin
», — dedi Meloni. Avvalroq, Braziliya prezidenti, agar bu oy içida kelişuvga erişilmasa, muzokaralardan çiqib ketiş bilan tahdid qilgan edi. Meloni bilan suhbatdan keyin uning keskin ohangi yumşadi.
Fon der Lyayyen va Jorjiya Meloni / Foto: AP
Fransiya ham öz davlatida fermerlarning noroziligi kuçaygan bir paytda bitimga ovoz berişni keçiktiriş tarafdoriga aylangan.
Umuman olganda, rasmiy Parij kelişuvga uzoq vaqtdan beri qarşi çiqib kelgan. Uning talabi: "Mercosur kelişuvi" davlatlari Yevropa bilan ekologik, sanitariya-texnik işlab çiqariş standartlari böyiça özaro tenglikka erişişi kerak. Şuningdek, yevropalik fermerlar uçun kuçli himoya mexanizmlarini işlab çiqiş talabi ham bor.
18 dekabr kuni Emmanuel Makron, Yevropaning eng yirik qişloq xöjaligiga ega davlati rahbari sifatida kelişuv hozirgi şaklda qabul qilib bölmasligini bildirdi.
Fransiyadagi namoyişlar / Foto: France 24
«Biz qoniqmadik. Matn mohiyatan özgarişi kerak, şundagina biz boşqa turdagi kelişuv haqida gapira olişimiz mumkin», deya uning sözlarini keltirmoqda Reuters.
Bitim Yevropa hukumatlari tomonidan ma’qullanişi kerak bölib, buning uçun Ittifoq aholisining 65 foizini ifodalovçi kamida 15 davlat roziligi talab etiladi. Polşa va Vengriya kelişuvga qarşi, Fransiya va Italiya esa mol göşti, şakar, parranda göşti va boşqa mahsulotlar importining köpayişidan xavotirda. Şunday holatda Italiyaning keçiktirişni söragan qarori hal qiluvçi ahamiyatga ega böldi.
Bitim tarafdorlari nima deydi?
Taxminan 25 yil davomida işlab çiqilgan "Mercosur kelişuvi" – Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay bilan bojxona tölovlarini qisqartiriş hajmi böyiça Yevroittifoq tarixidagi eng yirik kelişuv böladi.
Germaniya, Ispaniya va Skandinaviya davlatlari bu bitim AQŞ va Xitoyga qarşi javob çoralari ekanini aytmoqda. Xususan, Lotin Amerikasi davlatlari – AQŞ boj tariflaridan zarar körgan eksportni qöllab-quvvatlaşi, minerallarga kirişni ta’minlaş orqali Xitoyga qaramlikni kamaytirişidan umid qilinmoqda.
Foto: AP
Reutersʼning yozişiça, Germaniya bu bitim tezroq imzolanişini xohlamoqda. Kansler Fridrix Mers jurnalistlarga Meloniga öz hukumati va parlamentini işontiriş uçun bir neça qöşimça hafta berilişi muammo emasligini aytdi.
«Bu – "Mercosur kelişuvi" endi albatta kuçga kirişini anglatadi. Italiya hukumati roziligidan söng, Fransiya hukumati ham öz roziligini berişi mumkinligiga umid qilaman», - dedi u.
Yevropalik yetakçilar örtasidagi bu bitim böyiça muzokaralar nihoyatda keskin keçmoqda. Şu bilan birga, bitim tarafdorlari – uzoq davom etadigan ikkilaniş – "Mercosur" davlatlarini önlab yillik muzokaralardan söng butunlay çiqib ketişga undaşidan xavotirda.
17 dekabr kuni yevropalik qonunçilar «mol göşti va şakar» kabi mahsulotlar importini çeklaşga qaratilgan himoya mexanizmlari borasida dastlabki kelişuvga erişgan. Bu esa ayrim davlatlar qarşiligini yumşatişi kerak. Yevropa Komissiyasi, Fransiya talab qilganidek, işlab çiqariş standartlarini uyğunlaştirişni va’da qiluvçi deklaratsiya ustida ham işlamoqda.
Fermerlar namoyişlari
Belgiyada "Mercosur kelişuvi"ga qarşi asosan fermerlardan iborat keng kölamli norozilik namoyişlari ham bölib ötmoqda.
This is what opposition to the EU-Mercosur trade deal looks like: hundreds of angry farmers in Brussels setting fires and smashing windows. They complain of unfair competition & are furious at the EU. Others warn derailing the deal now would be a geopolitical disaster for Europe. pic.twitter.com/S08iMBd1xg
Reutersʼning yozişiça, payşanba kuni boşlangan Yevroittifoq sammiti doirasidagi namoyişlar zöravonlik tusini olgan. Bryusseldagi namoyişçilar kartoşka va toş otib, oynalarni sindirgaç politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlardan foydalandi.
Bryussel politsiyasining ma’lum qilişiça, aslida 50 tagaça traktor iştirokidagi namoyişga ruxsat berilgan. Biroq payşanba kuni tuşdan keyin Bryusselga asosan Belgiya davlat raqamlariga ega bölgan qariyb 1 000 ta traktor yetib kelgan. Politsiya namoyişçilar sonini 7 ming nafar deb baholadi.
“Zöravonlik kuçayganidan söng politsiya aralaşib, namoyişçilarning ayrimlarini hibsga olişga urindi. Bir holatda traktor tartibsizlikka qarşi saf tortgan politsiya qatoriga haydab kirgan. Ayrim namoyişçilar jurnalistlarni ham nişonga oldi”, deb yozmoqda naşr.
Payşanba kuni Bryussel köçalarini tösib qöygan ayrim traktorlar «Eng yaxşisini özimiz işlab çiqarayotgan bölsak, nega dunyoning narigi tomonidan şakar olib kelişimiz kerak? "Mercosur"ga yöq», degan bannerlarni olib yurgan.
Uşbu savdo pakti tanqidçilari Lotin Amerikasi eksportçilari arzon xomaşyo bilan bozorlarga oqib kirib, yevropalik işlab çiqaruvçilarga zarar yetkazişini ta’kidlamoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi