Jahon | 10:12 / 01.05.2016
27605
1 daqiqa o‘qiladi

Obama hazil aralash o‘zidan keyingi prezident Hillari Klinton bo‘lishiga ishora qildi

Oq uyda muxbirlar assotsiatsiyasi uchun tashkil qilingan an'anaviy kechki ovqat mahalida AQSh prezidenti Barak Obama hazil aralash mamlakatning keyingi prezident ayol kishi, ya'ni Hillari Klinton bo‘lishiga ishora qildi. Bu haqda AVS xabar bergan.

"Keyingi yilda bu yerda boshqa kishi turadi, qaysi ayol haqida gapirayotganimni fahmlayotgan bo‘lsangiz kerak", degan Obama.

Obama har yili o‘tkaziladigan bunday marosim vaqtidagi norasmiy chiqishida turli hazillar ishlatgan.

U o‘z ustidan ham hazil qilishni unutmagan.

"8 yil avval men yosh edim, boshim idealistik g‘oyalar bilan band edi. Endi esa sochim oqarib ketdi. Vaqt o‘lim sari hisobni boshlagan", degan prezident.

Mavzuga oid