Dunyoning eng badavlat kişilaridan biri, Berkshire Hathaway sarmoya guruhi asosçisi Uorren Baffet CNBC telekanaliga bergan intervyusida jahon bozorida neft narxining past darajada ekanligi AQŞ uçun heç qanday zarar keltirmasligini tan oldi. Uningça, bu holat Amerika uçun faqat foyda keltiradi.
“Biz neft importyorlarimiz, şuning uçun neftning past narxlari biz uçun foydali. Şunga qaramasdan, bu (neftning arzonligi) juda köp odamlar, ulkan sanoat va köplab mamlakatlarga ta'sir ötkazadi. Lekin nimadir import qiladiganlarga, import qilinadigan mahsulotning arzonligi hamişa foydali”, - ma'lum qildi amerikalik sarmoyador.
Neftning jahon bozoridagi narxi yil boşidan buyon 20 foizdan ortiq ösdi. Biroq köp mamlakatlarda hamon uşbu soha tang ahvolda qolmoqda.
London va Nyu-York elektron savdosi natijalari şuni körsatadiki, jahon neft narxi yana pastlaydi.







