Ispaniya qiroli Filipp VI parlamentning har ikki palatasini tarqatib yuboriş va mamlakatda muddatidan avval saylovlarni 26 iyunda ötkaziş haqidagi farmonini imzoladi. Bu haqda qirollik saroyida xabar qilindi.

Davlat rahbari mazkur qarorini bugun, 3 may kuni ertalab deputatlar kongressi (quyi palata) raisi Paçi Lopes bilan uçraşuvda ma'lum qilgan. Endi bu böyiça hujjat hukumatning rasmiy naşrida e'lon qilingaç kuçga kirgan hisoblanadi.

2015 yilning dekabridan buyon ötgan 4 oy içida deputatlar kongressi boş vazirlikka nomzod masalasida bir qarorga kela olmadi.

26 aprelda qirol Filipp VI yangi nomzod taklif etmasligini bildirgan. Bu esa parlamentning 3 maydan tarqatib yuborilgani va yangi saylov 26 iyunda bölib ötişini bildiradi.

Bunday holat demokratik yöldan borayotgan Ispaniya tarixida birinçi bor kuzatilişi hisoblanadi.