Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat har yilgi anʼanaviy oçiq muloqot hamda uni taşkil etiş doirasidagi uçraşuvlarda tadbirkorlardan kelib tuşgan qariyb 14 ming murojaatda kötarilgan tizimli muammolarni hal qilişga qaratilgan.

Farmonga köra, kiçik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini har qanday tekşirişga uç yillik moratoriy eʼlon qilinadi. Biroq jinoyat işi doirasidagi, inson soğliğiga taʼsirini örganiş va mehnat qonunçiligiga rioya etilişi böyiça, şuningdek, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplaş (qaytariş) hamda tadbirkorlik subyekti tugatilişi munosabati bilan ötkaziladigan tekşiruvlar bundan mustasno.

Moratoriy davrida kiçik biznes faoliyatini belgilangan istisnolardan taşqari tekşiriş noqonuniy hisoblanadi va bunga yöl qöygan şaxslar javobgarlikka tortiladi.

Biznes-ombudsman tomonidan esa «Samarali nazorat» tadbiri ötkazilib, nazorat organlarining sönggi uç yildagi tekşiruv materiallari örganiladi. Noqonuniy tekşiruvlar aniqlangan taqdirda tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklaş çoralari köriladi.

«Birinçi xato uçun - ogohlantiriş»

2027-yil 1-yanvardan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy jarima qöllaşda «Birinçi xato uçun - ogohlantiriş» qoidasi joriy qilinadi.

Unga köra, qoidani birinçi marta buzgan, biroq fuqarolar hayoti va soğliği yoki özgalar mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga darhol jarima solinmaydi. Avvalo unga kamçilikni bartaraf etiş uçun 10 kun vaqt beriladi.

Şuningdek, tadbirkorlik subyektida bir yil davomida har qanday takroriy tekşiruvni ötkaziş uçun Biznes-ombudsman ruxsatini oliş talab qilinadi. Kameral soliq tekşiruvlari bundan mustasno.

Tadbirkorlarga «Ikkinçi imkon» beriladi

Farmon bilan 2026-yil 31-dekabrga qadar kiçik va örta biznes uçun «Ikkinçi imkon» iqtisodiy amnistiyasi ham eʼlon qilindi.

Unga köra, amnistiya eʼlon qilingunga qadar yuzaga kelgan soliq qarzi 2026-yil oxirigaça töliq tölansa, uşbu qarz böyiça hisoblangan penya hisobdan çiqariladi va u bilan boğliq ijro işlari tugatiladi.