Farmonga köra, 2027-yil 1-iyuldan umumyurisdiksiya va ma’muriy sud yönalişlarida işlarni qayta körib çiqiş vakolatiga ega, yurisdiksiya hududi bir neçta ma’muriy-hududiy birliklarni qamrab oladigan hududlararo sudlar taşkil etiladi. Ular uçun jami 319 ta boşqaruv xodimi ştat birligi ajratiladi.

Şuningdek, 2027–2030-yillarda aholi soni, işlar hajmi, sudyalarning iş yuklamasi va hududiy xususiyatlardan kelib çiqib, barça hududlarda fuqarolik işlari böyiça tuman va şahar sudlarini taşkil etiş közda tutilgan.

Jinoyat protsessida ham sud nazorati kuçaytiriladi. 2027-yil 1-iyuldan tergov sudyalariga şaxsni uşlab turişning qonuniyligi va asosliligini, gumon qiliş yoki ayblov e’lon qiliş uçun asoslar yetarliligini tekşiriş vakolatlarini beriş taklif etilgan.

Farmonda yana:

  • «Pretsedentlar» reyestrini joriy etiş;

  • sudlar faoliyati oçiqligini oşiriş;

  • sud binolarida «yagona darça» tamoyili asosida xizmat körsatiş ofislarini taşkil etiş;

  • my.sud.uz portalini takomillaştiriş va uning yangilangan mobil ilovasini işga tuşiriş;

  • 2028-yildan iqtisodiy işlar böyiça «proaktiv boşqaruv» standartini joriy etiş;

  • juz’iy kamçiliklar tufayli arizani qaytariş amaliyotini isloh qiliş;

  • 2028-yil 1-yanvardan sud ma’murçiligi institutini joriy etiş;

  • har yili Özbekistonda odil sudlov sifati indeksini e’lon qiliş amaliyotini yölga qöyiş nazarda tutilgan.

Farmonning maqsadi - inson huquqlarini sud orqali himoya qilişni kuçaytiriş, sudlarning mustaqilligi va oçiqligini ta’minlaş, sudga murojaat qilişni soddalaştiriş hamda odil sudlov sifatini oşiriş ekani ta’kidlangan.