AQŞ prezidenti Barak Obama Suriya Arab Respublikasiga nisbatan jazo çoralari töplamini uzaytirişga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Obamaning öz qaroriga körsatgan vajiga köra, Suriya hukumati öz xalqi bilan şafqatsizlarça urişmoqda. Oq uy rahbarining qayd etişiça, Suriyadagi fuqarolik uruşi nafaqat mamlakat, balki butun mintaqadagi barqarorlikka rahna soladi.
Obama, şuningdek, Suriya rahbariyatini kimyoviy va bakteriologik qurolga ega böliş, inson huquqlarini poymol etiş va Livan içki işlariga aralaşişda aybladi.







